Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,8 ming tonna oʻrik eksport qilgan.
Oʻrik eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 747 tonnaga yoki 36 % ga oshgan.
2022- yilning 5 oyida Oʻzbekiston eng koʻp oʻrik eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1,5 ming tonna
Qozogʻiston – 860 tonna
Qirgʻiz R. – 429 tonna
2022- yilning 5 oyida xorijga eng koʻp oʻrik eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 1,2 ming tonna
Xorazm viloyati – 311 tonna
Toshkent viloyati – 236 tonna
Axborot xizmati