Joriy yilning 24-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi Respublika suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 20 iyun kungi 01/1-23-12/3-37 sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, shuning bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksi hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.
Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Axborot xizmati