Joriy yilning 30-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining “2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3334-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-457-sonli Qonuni, shuning bilan birga, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan normativ- huquqiy hujjatlar to‘g‘risida, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilayotganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi
Axborot xizmati