Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilgan.
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy qismini kichik tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarishi va ko’rsatgan xizmatlari tashkil qiladi.
Shuningdek, Sizining iqtisodiyotimiz rivojlanishida qo‘shayotgan hissangiz, ishlab chiqarayotgan mahsulotlaringiz, ko‘rsatayotgan xizmatlaringizning barchasi statistik hisobotlar orqali ko‘rsatiladi.
Statistika– bu ma’lum bir hududda kechayotgan iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning jarayonlarini, reformalarining bajarilishini kuzatib, tahlil qilib, taqqoslab va bu haqida ma’lumotlar tayyorlab boruvchi sohadir.
Shuning uchun, Siz kichik korxona tashkil qilgandan keyin uzinigiz istiqomat qiluvchi tuman, shaharda joylashgan statistika bo‘limlariga topshirishingiz kerak bo‘lgan choraklik 4KB sovalnoma(bir martalik) kuzatuv, 4 KV (qurlish, savdo, xizmat), 4 KV (sanoat), statistik hisobatlar,topshirish tartibi haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz lozim.
Davlat statistika organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, ulardan davlat statistika hisobotlarini qabul qilishni takomillashtirish, sohaga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, borasida qator chora-tadbirlar ko‘rilayotir.
Hisobotlarni elektron tarzda jo‘natish hamda statistika tizimida bo‘layotgan o‘zgarish va yangiliklar bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarimiz batafsil tanishishlari uchun statistika qo‘mitasining www.Stat.uz veb saytidan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining qrstat.uz veb saytidan foydalanishlari mumkin.
Tadbirkorlik subyektlarini qiziqtirgan savol va murojaatlariga malakali javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida, statistika boshqarmasida “Ishonch telefoni” (tel: 0(361)224-93-10) tashkil etilgan.
“Ishonch telefoni”ning uzuluksiz ishlashi ta’minlangan, telefon orqali kelib tushgan muammolarni tezkor hal etish uchun malakali mutaxassislar jalb qilingan va har bir holat bo‘yicha alohida nazorat o‘rnatilgan.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari va davlat statistika tizimi o‘rtasida amaldagi qonunchilikda belgilangan munosabatlarni yanada kuchaytirish, bevosita, muloqotlar tashkil etish orqali ularda yuzaga kelgan taklif va muammolarni o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor ravishda bartaraf etish va kelgusida oldini olish maqsadida, Qoraqolpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi hamda shahar va tuman statistika bo‘limlari tomonidan har oyda ikki marotaba tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” (har oyning ikkinchi va ohirgi juma kunlari) tashkil qilingan.
Mazkur tadbirlar bevosita hududiy boshqarma, tuman yoki shahar statistika bo‘limlarining rahbarlari hamda malakali mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilib, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi.
“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni muhokama qilgan holda, mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirishlar beriladi va lozim bo‘lganda muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Sizning, davlat statistika tizimi bilan hamkorligingiz
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun
juda muhimdir!