Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika korxonalari tomonidan 8864,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-iyin oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 100,5 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 86,0 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati