2022-yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 3429,0 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-103,4 % oʻsish surʼatiga erishdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibi mahsulot turlari boʻyicha tahlil qilinganda, eng katta ulush goʻsht (39,9 %), sut (15,1 %), don (10,5 %) va sabzavotlar (8,0 %)ga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati