Joriy yilning 21- oktabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma boshlig'i T. Ganiev so'zga chiqib o'zbek tili bayrami bilan barchani muborakbod etib, ona tilining bugungi kundagi nufuzi va mavqeyi haqida batafsil to'xtalib o'tdi.
Tadbir davomida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy bo‘limi xodimi Dilrabo Yusupova O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili tog'risida”gi Qonuni va uning ahamiyati bo‘yicha atrofliycha tushunchalar berib o‘tti.
Axborot xizmati