Joriy yilning 20-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda xodimlarga firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 2022- yil 19-oktabr kungi O‘RQ–794-sonli Qonuni hamda Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari va odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlanganligi, Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-oktabr kungi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Seminar soʻnggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.