28/10/2022

    2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 9,5 mln. AQSH dollariga teng qariyb 16 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Xurmo eksporti 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming tonnaga oshgan.

2022- yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp xurmo eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 8,2 ming tonna

Qozogʻiston – 6,5 ming tonna

Qirgʻiz R. – 553 tonna

Turkmaniston – 422 tonna

Belarus R. – 206 tonna

Mongoliya – 4,4 tonna

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech