2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5704,7 tonna baliq ovlandi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar–sentabriga nisbatan 78,2 % ga ko‘p. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 42,5 % fermer xo‘jaliklarilari hissasiga to‘g‘ri kelganini ta‘kidlash lozim.
Axborot xizmati