17/11/2022

    Joriy yilning 17- noyabr kuni  Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvlarda Davlat statistika qo‘mitasi Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i M.Jomolov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K. Omarov, Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi boshlog‘i va Mo‘ynoq tumani statistika bo‘limi tegishli xodimlari, hududiy kadastr bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.

     Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.
O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

     Qo‘mita mas’ullari tomonidan hududlarda kuzatuvlarni o‘tkazuvchi xodimlarga ishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati