2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 11148,6 tonna baliq ovlandi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 88,2 % tashkil qildi. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 42,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelganini ta‘kidlash lozim.
Axborot xizmati