20/02/2023

    Joriy yilning 20-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida Boshqarmaning barcha xodimlari uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar boshqarmasi boshligʻi Z.Talipova ishtirokida oʻquv-seminari o‘tkazildi. Oʻquv-seminarida Boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova tomonidan, Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari va odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlanganligi,  Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 14 oktabr kungi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

 Shuning bilan birga, Boshqarma xodimlariga jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni ta’minlashi, mehnat va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya etish haqida alohida toʻxtalib oʻtildi. Seminar soʻnggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati