22/02/2023

    Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19 494,6 ming kishini tashkil etgan.

Respublikamiz hududlari orasida eng koʻp mehnat resurslari Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelgan hamda respublikadagi jami mehnat resurslari soniga nisbatan ulushi 11,1 foizni tashkil etgan.

Respublikamiz hududlari boʻyicha mehnat resurslari sonining taqsimoti quyidagicha:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1 074,6 ming kishi

Andijon – 1 777,9 ming kishi

Buxoro – 1 073,4 ming kishi

Jizzax – 791,1 ming kishi 

Qashqadaryo – 1 819,3 ming kishi

Navoiy – 570,2 ming kishi 

Namangan – 1 592,8 ming kishi 

Samarqand – 2 160,4 ming kishi

Surxondaryo – 1 469 ming kishi

Sirdaryo – 487,2 ming kishi

Toshkent – 1 616,3 ming kishi

Fargʻona – 2 095,5 ming kishi

Xorazm – 1 050,1 ming kishi

Toshkent sh. – 1 916,8 ming kishi

 

Axborot xizmati