Joriy yilning 22-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti tomonidan Respublika suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi xodimlari uchun o’quv-seminari tashkil etildi. O’quv-seminar ishtirokchilariga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. O’quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.
Axborot xizmati