13/03/2023

    Joriy yilning 13-mart kuni Amudaryo tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarma boshlig‘i T.Ganiev hamda Amudaryo tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi J.Shermetovlar ishtirokida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha jismoniy shaxslarga kompyuterlarni ta’mirlash va sozlash, jismoniy shaxslarning shaxsiy avtomobillarini mayda ta’mirlash, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya o‘rnatish, g‘iloflar va pol qoplamalarini tikish va boshqa xizmat turlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilib, bir kundagi o‘rtacha mijozlar soni, bir oyda ishlagan kunlar soni, bir kunlik o‘rtacha tushum shu va boshqa ma'lumotlar shakllantirildi. Olingan ma'lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

                                                                              Axborot xizmati