24/03/2023

    2023-yil yanvar oyida transport xizmatlari hajmi 7 188,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yil yanvar oyiga nisbatan ushbu xizmat turining oʻsish surʼati 108,3 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (1 053,3 mlrd. soʻm), Toshkent (472,4 mlrd. soʻm), Samarqand (424,6 mlrd. soʻm), Fargʻona (300,3 mlrd. soʻm) hamda, Qashqadaryo (266,7 mlrd. soʻm) viloyatlarida qayd etildi.

 

Axborot xizmati