So'nggi yangiliklar

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Taxiatоsh tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 2282,5 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,7

 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Kegeyli tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 116,4  mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 68,5 foizni tashkil qildi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Mo‘ynoq  tumanida 188,3  mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022 yilga nisbatan 111,2 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Chimboy tumani boʻyicha 2 381 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Qo‘ng‘irot tumanida jami 890 ta nikoh va 171 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 2 taga ko‘paygan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 198,9 ming tonna baliq ovlangan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga 2 715 nafar Avstriya fuqarolari tashrif buyurgan.

Joriy yilning 13-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Omarov Amudaryo tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i X. Xaytimbetov bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.

2024-yil 1-yanvar holatiga jami roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 688 345 tani tashkil etgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 2 833,3 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

Korrupsiya davlat boshqaruvi tizimini yemirishi, davlat tashkilotlari va davlat xizmatchilariga salbiy munosabatni vujudga keltirishi, hokimiyatning obro‘sizlanishiga sabab bo‘lishini barchamiz yaxshi bilamiz.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 15 530,8 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 93,9 % ini tashkil etdi.

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Taxtako‘pir tumanida 2024-yilning 1-yanvar holatiga ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 4 tani tashkil qilib, 2 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Kegeyli tumanida jami 29 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 26 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Chimboy tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 36,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 123,0 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qorao‘zak tumanida 208,9 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,6 % ni tashkil etgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Kegeyli tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 74,8 ming kishini tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,8 foizga koʻpaygan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan To‘rtko‘l tumani boʻyicha 5 203 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.