So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (dehqon va fermer xo'jaliklarsiz) soni 65 ta bo‘lib, jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 1,4 %ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 4 374,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,0 %ni tashkil qildi.

Joriy yilning 22-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti hamda Korrupsiya bo‘yicha mas’ul xodimlari  tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti talabalari uchun seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti hamda Korrupsiya bo‘yicha mas’ul xodimlari  tomonidan Nukus shahari 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida  o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 22-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi o‘rinbosari K.Omarov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Kazakova bilan birgalikda Nukus shahri “Uzın kól”MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 93,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 52,1 % ni, fizik hajm indeksi 73,1 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 4730,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1,8 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasining ulushi 2,9 % ni tashkil etib, 175,9 mlrd. so‘mga yetdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida import hajmi 136,5 mln. AQSH dollarini va 2022-yilning mos davriga nisbatan 96,2 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 3,9 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Germaniyadan Oʻzbekistonga 17 807 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 4 394 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Dunyodagi har bir mamlakat, o'zining aholisi va uning yashash holati bo'yicha ishonchli ma'lumotga ega bo'lish maqsadida ma'lum bir belgilangan davrlarda aholini ro'yxatga olib boradi. Ko'pchilik mamlakatlarda aholini ro'yxatga olish har besh yoki o'n yilda amalga oshiriladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 786,9 mlrd. so‘mga yetdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 9081,3 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 86,1 % ini tashkil etdi.

2023/2024- o‘quv yili boshiga Statistika organlariga taqdim etiladigan “Umumta’lim muassasasining o‘quv yili boshiga” 1 – umumta’lim shakli (yillik) statistika hisobotini 2023- yil 10-oktabrdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – eStat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/uz/login/) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3101,1 ming. so‘mni (2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 103,1%) tashkil etdi.