2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (dehqon va fermer xo'jaliklarsiz) soni 65 ta bo‘lib, jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 1,4 %ini tashkil etdi.
So’nggi besh yilning mos davrida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:
2019-yilda – 57 ta
2020-yilda – 45 ta
2021-yilda – 36 ta
2022-yilda – 34 ta
2023-yilda – 65 ta
Axborot xizmati