So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida qurilish sohasida 189 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 264,8 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,0 % ga oshgan.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning (dehqon va fermer xo'jaliklarsiz) soni 1 758 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 5,5 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 378,1 ​​mlrd. so‘mga yetdi yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,9 % ini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 329,0 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 86,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining chakana savdo tovar aylanmasi 6 144,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 104,5 % ga yetdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida AQSHdan Oʻzbekistonga 13 965 nafar fuqaro tashrif buyurgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 24 957 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan 2 374 tasi xususiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 698 dona mototsikl ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 929,8 ming so‘mga yetdi.

2023-yil 1-sentabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni 2859 tani tashkil etib, 2022-yil 1-sentabrga nisbatan 10 taga ko‘paygan (o‘sish sur’ati 100,3%).

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 154,9 ming dona domkrat ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,8 % ga oshgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar(dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) soni 1 185 ta bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,9 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 16-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Koshniyazov bilan birgalikda «Istemol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami 466,9 ming nafar chet el fuqarolari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Nukus shaharida  jami 916 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2023-yil yanvar-avgust oylarida Nukus shaharida  1265,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 105,5 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,8 %ni tashkil etadi.