So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-noyabr oylarida Mo‘ynoq tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 1416,3 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,9 foizni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Amudaryo tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 65,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Beruniy tumanida 768,3 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,3 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 14-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 14- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 14- dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasi oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 22,5 % ni tashkil etgan,

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Ellikqal’a tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 28,3 mln dona tuxum yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Qonliko‘l tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 9 252,3 tonna sabzavotlar yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Chimboy tumanida 462,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,1 % ni tashkil etgan.