26/02/2025

    2024- yilning yanvar-dekabr oylarida To‘rtko‘l tumanida 1210,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,7 % ni tashkil etgan.  Respublikadagi ulushi 4,2 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni transport, savdo va moliyaviy xizmatlar egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 5248,0 ming so'mni tashkil etmoqda.