So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining import hajmi 185,7 mln AQSH dollarini va 2023- yilning mos davriga nisbatan 118,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-oktyabr  holatiga Nukus shahri boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 343,5 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 4,3 ming kishiga yoki 1,3 foizga ko‘paydi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining chakana savdo tovar aylanmasi 8 789,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 108,5 % ga yetdi.

2024-yilning yanvar- sentyabr oylarida Nukus shahrida jami 1 758 ta nikoh va 251 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023-yilning mos davriga nisbatan 49  taga kamaygan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 33,2 % ni tashkil etdi yoki 2 069,9 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida jami investitsiyalar hajmida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 10,7 % ni yoki 24,6 trln. soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 307,2 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 156,4 % ni tashkil qildi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi korxonalari tomonidan 17279,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 107,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan kir yuvish mashinasi soni o‘rtacha 97 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 459,9 mln AQSH dollariga yetdi va 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 21,7 % ga kópaydi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 6 242,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 107,2 %  ni tashkil etdi.

2024- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining transport xizmatlari hajmi 27 237,4 milliard so‘mni tashkil qilgan.

2024-yilning yanvar-sentabr oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 28,5 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 30 858,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 6,5 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 725,2 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 18- oktabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.