So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 12- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy  yilning 12-13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bilan hamkorlikda MDH mamlakatlari statistika xizmatlari mutaxassislari ishtirokida milliy hisoblar tizimini yuritish boʻyicha xalqaro anjuman tashkil etmoqda.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Taxiatash tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5 241,7 tonna sabzavotlar yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Mo‘ynaq tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 799,7 tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo'lib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 161,1 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Kegеyli tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 308,7 mlrd so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil qildi.

2024- yil yanvar-sentabr oylari holatiga Beruniy tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 10,6 mln AQSH dollariga yetdi.

2024-yilning 1-oktabr holatiga Amudaryo tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 214,7 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 2,6 ming kishiga yoki 1,2 foizga ko‘paydi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qo‘ng‘irot  tumanida jami 115 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 22 taga kamaygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Bo‘zatov tumanida jami 103 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, nikohlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 29 taga koʻpaygan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga Nukus shahrida jami 429 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 285 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr  oylarida Shumanay tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 14,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,6 % ni tashkil etgan.