2026-yil yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 59,8 ming tonna sut yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2025-yilning mos davri bilan solishtirganda 100,0 % ni tashkil etdi.
Sut yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, sut yetishtirishning eng katta hajmi – 50,3 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.




