So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida chakana savdoning ulushi savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 80,0 foizni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2559,9 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 78,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 27-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Taxtako'pir tumanida xizmat safarida bo‘lib tuman statistika bo‘limi xodimi D.Asenov bilan birgalikda Taxtako'pir tumanida Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarda 4-Savdo (YaTT) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.

 2024-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash sanoatida 9,1 trln. soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, axborot va aloqa sohasida 10 465 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

2023/2024-o‘quv yili boshida akademik litseylarda tahsil olayotgan o‘quvchilar 33,4 ming nafarni tashkil etib, ulardan o‘g‘il bolalar 19,5 ming nafarni va qiz bolalar 13,9 ming nafarni tashkil etgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 26,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida FHDYO organlarida qishloq joylarda respublika boʻyicha 18 757 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik korxona subyektlarining ulushi 51,1 foizni, shu jumladan, 18,3 foizni kichik tadbirkorlik va mikrofirmalarning ulushi tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 71,5 % i to‘g‘ri kelib, 2023-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 0,6 % punktga ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Ellikqal’a tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 103,0 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,5 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral  oylari holatiga Qorao‘zak tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 0,3 mln. AQSh dollariga yetdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Kegеyli tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 45,7 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 106,3 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida To‘rtko‘l  tumanida 98,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan  yilga nisbatan 123,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida FHDYO organlarida shahar joylarda respublika boʻyicha 16 310 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023- yil yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 24,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 3 094 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlarida shahar joylarda respublika boʻyicha 69 690 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.