So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 339 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 14,3 % ga oshgan.

2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilar 194,6 ming nafarni tashkil etib, shundan oʻgʻil bolalar 143 ming nafar, qiz bolalar 51,6 ming nafarni tashkil etgan.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 43,4 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 14 142,4 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘istonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yil yanvar-fevral oylari holatiga koʻra, 27,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 316,5 mlrd. so‘mga yetdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qorao‘zak tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 71,9 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Xo‘jayli tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 105,0 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,4 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida  Mo‘ynoq tumanida 42,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan  yilga nisbatan 100,8 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida umumiy moliyaviy xizmatlar tarkibida sugʻurta xizmatlari 5,2 % ni tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 7,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yili boshiga nisbatan 5,3 ming nafarga oshganini  koʻrish mumkin.  

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 137 456 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida avtomobil transportida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 52,9 % ni yoki 4,9 trln. soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan xususiy korxonalar soni 59 679 tani tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida  Mo‘ynoq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 37,3  mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 131,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylari holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 842,8 ming. so‘mni 2023-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 105,1 % tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Shumanay tumanida 7,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 120,3 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 24,3 % ni tashkil etdi yoki 177,8 mlrd.so‘m miqdorida qayd etildi. 2023-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 108,8 % ni tashkil etdi.