So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 12-sentyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig’i T.Ganiev Kegeyli tumanida xizmat safarida bo’lib, tuman statistika bo’limi boshlig‘i M.Aytimbetov bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni  o‘rgandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 18 520,2 tonna sovun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,7 martaga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 634,7 ming dona akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 486 tani tashkil etdi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida savdo sohasidagi faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar soni 7 272 ta bo‘lib, ular jami korxonalar sonining 29,1 % ulishini tashkil etadi.

2023-yil yanvar-iyun holatiga, Amudaryo tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 755,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6,8 million tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,9 % ga oshgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAHMdagi ulushi 53,9 %ni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarning tegishli davrida:

2023-yil yanvar-iyun holatiga, Beruniy tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 488,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 42 198 ta.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida bir kishining oʻrtacha uy-joy bilan taʼminlanishi 18,5 kv.m.ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi boʻyicha jami 183 677 ming dona tuxum olindi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,2 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi boʻyicha jami 139,2 ming tonna sut yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- iyul holatiga Taxiatosh tumanida ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar  soni 11 tani tashkil qilib, 9 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 588,4 tonna tortlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan. 

2023- yilning 1- iyul holatiga Taxiatosh tumanida jami 102 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 6 taga ko‘paygan, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 81 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Kegeyli tumanida 63,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 102,6 foizni tashkil etdi.

2023-yilning 1- iyul holatiga Mo‘ynoq tumanida ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar  soni 41 tani tashkil qilib, 33 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.