So'nggi yangiliklar

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari egallaydi.

Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – minerallar asosida mahsulotlar ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish turlarini oʻz ichiga olib, shisha va shishadan mahsulotlar, keramik buyumlar, polga oʻrnatiladigan qoplamalar, kafel, cherepitsa, terrakota buyumlar, sement va xomashyodan tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.

Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – kimyoviy jarayonlar yordamida organik va noorganik xomashyo, materiallarni qayta ishlashni va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash–tabiatda qattiq jinslar shaklida uychraydigan (ko‘mir, ruda), suyuq holatda uchraydigan (neft) yoki gazsimon holatda uchraydigan (tabiiy gaz) foydali qazilmalarni qazib olishni o‘z ichiga oladi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 544 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 339 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 14,3 % ga oshgan.

2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilar 194,6 ming nafarni tashkil etib, shundan oʻgʻil bolalar 143 ming nafar, qiz bolalar 51,6 ming nafarni tashkil etgan.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 43,4 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 14 142,4 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘istonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yil yanvar-fevral oylari holatiga koʻra, 27,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 316,5 mlrd. so‘mga yetdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qorao‘zak tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 71,9 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Xo‘jayli tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 105,0 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,4 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida  Mo‘ynoq tumanida 42,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan  yilga nisbatan 100,8 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida umumiy moliyaviy xizmatlar tarkibida sugʻurta xizmatlari 5,2 % ni tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 7,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yili boshiga nisbatan 5,3 ming nafarga oshganini  koʻrish mumkin.  

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 137 456 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida avtomobil transportida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 52,9 % ni yoki 4,9 trln. soʻmni tashkil etgan.