So'nggi yangiliklar

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, qishloq joylarida yashovchilardan jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 61,9 % ni tashkil etdi.

2023-yil IV choragida kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning yaqin uch oydagi oʻzgarishlar istiqboli boʻyicha iqtisodiy vaziyatini yaxshilangan deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng koʻp ulushi qurilishda – 51,3 % ni, savdoda – 50,2 % ni va sanoatda – 49,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qorao‘zak tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 71,9 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Bo‘zatov tumanida 13,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan  yilga nisbatan 140,0 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Bo‘zatov tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 18,6 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 106,1 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Beruniy 48,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan  yilga nisbatan 104,9 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral  oylari holatiga Beruniy tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 1,8 mln. AQSh dollariga yetdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Bozatov tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 5,3  mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,3 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral  oylari holatiga Amudaryo tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2,0 mln. AQSh dollariga yetdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Beruniy tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 130,4  mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,8 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 3 265,7 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 190,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 352,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 160,4 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 45,6 % ini tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida  Amudaryo tumanida 39,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 100,9 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Amudaryo tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 140,4  mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,1 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida  Nukus shahrida 215,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 107,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Nukus shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 1383,8 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 20-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov Nukus shahri statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni  o‘rgandi.