02/08/2024

    Joriy yilning 2-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-jıl 4-mart kungi PQ-114-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan Statistika agentligining huquq va majburiyatlari haqida tushuntirildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgust kungi PF-119-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.