So'nggi yangiliklar

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni oʻrtacha 66 tani tashkil etdi.

Respublikamizda joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 851 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 3–6-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti UNIСEF hamkorligida tashkil etilgan bolalar statistikasi bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi, shu jumladan TransMoneEE yillik sessiyasi natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

2023-yil yanvar-dekabr holatiga, Amudaryo tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3 114,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 30,4 %, sanoat – 22,2 %, qurilish – 8,1 %  va xizmatlar sohasi – 39,3 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan mobil telefonlar soni oʻrtacha 349 tani tashkil etdi.

Transport xizmatlari boʻyicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarga toʻgʻri kelgan.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 43 822 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 708,1 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 352,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2023/2024-oʻquv yili boshiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 6 645,1 ming  nafarni tashkil etdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

2024-yilning yanvar oyi yakuniga koʻra, koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar (26,3 %) tashkil etdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Statistika agentligida “International Open Data Day” doirasida “Open Data Day Tashkent – 2024” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 719,1 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

2023/2024-oʻquv yili boshiga nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi jon boshiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi joriy narxlarda 8.318,1 ming so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,7.% ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr holatiga, Taxtako‘pir tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 570,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,0 % ni tashkil etdi.