So'nggi yangiliklar

O’zbekistonda 2023-yil 1-noyabr holatiga jami 426 270 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), shundan 422 586 tasi kichik tadbirkorlik subyektlaridir.

2023-yilning 27–29-noyabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 851,2 ming boshni (2022-yil 1-oktabr holatiga nisbatan 102,0 %), shundan, sigirlar – 4 942,6 ming boshni (101,6 %), qoʻy va echkilar – 23 850,7 ming boshni (102,3 %), otlar – 271,8 ming boshni (102,9 %) hamda parrandalar – 97 166,8 ming boshni (106,5 %) tashkil etdi.

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 1500,6 mlrd. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 10,1 % ini) tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yil yanvar-oktabr holatiga koʻra, 147,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida To‘rtko‘l tumanida 1234 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 60 taga ko‘paygan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida To‘rtko‘l tumanida 3838 ta tirik tug'ilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 208 ta ko'paygan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida To‘rtko‘l tumanida jami 139 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 0,8 promilleni tashkil etgan hamda 2022-yilning mos davriga nisbatan 17 taga ko‘paygan.

2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 42 847 ta tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular jami tadbirkorlik subyektlarining 7,0 %ini tashkil etаdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 95,5 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,6 %ga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarining  dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,7 %ni tashkil etdi.

28–29-noyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida Rossiya statistika assotsiatsiyasi, MDH Statistika qoʻmitasi, Milliy tadqiqot universitetining Iqtisodiyot oliy maktabi tomonidan xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Joriy yilning 29-nоyаbr – 1-dekabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Layner” majmuasida Оrоlbо‘уi mintaqasini bаrqаrоr rivojlantirishga yo‘naltirilgan dastur vа loyihalar amalga oshirilish doirasida “Resurslarni sаfаrbаr qilish va loyiha takliflarni ishlab chiqish” mavzusida uсh kunlik trening o‘tkazildi.

Joriy yilning 30-noyabr – 1-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida hududiy statistika boshqarmalari yosh mutaxassislari uchun madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.

Joriy yilning 1-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Konstitutsiya haftaligi” doirasida yangilangan konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida aholining o‘rtacha uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi 18,5 kv.m.ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,3 kv.m.ga oshgan.

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 608 930 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) etib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,0 %ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari egallaydi.