2024-yil 1-iyul holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 33 162 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 042 taga oshib, o‘sish sur’ati 106,6 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
2020-yil – 20 440 ta
2021-yil – 24 538 ta
2022-yil – 26 425 ta
2023-yil – 31 120 ta
2024-yil – 33 162 ta
Axborot xizmati