So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 27-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari K.Omarov, Nukus shahar statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi А. Fazilova tomonidan Nukus shahrida yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 27-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i B. Tajibekov, Beruniy tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi M. Sultanov tomonidan Beruniy tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida reklama va bozorni konyunkturasini oʻrganish sohasidagi xizmatlar hajmi 2 065,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 161,3 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Turkiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, jami 70 914 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 1 264 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 223 201 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtrokida 13 019 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 49,6 %ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

Joriy yilning 24-noyabr kuni Nukus shahar "Jayxun" mahalla fuqarolar yig‘inida Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Masheripova hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasi Bosh yuriskonsulti U.Raxmanovalar tomonidan   seminar tashkil qilindi.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,7 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 104,7 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 24-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig‘i B. Tajibekov va Beruniy tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi M. Sultanov tomonidan Beruniy tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 24-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari S.Bekmuratov va Chimboy tumani statistikasi bo‘limi  yetakchi mutaxassisi Saparbaev Omirbay tomonidan Chimboy tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,0 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 135,0 % ni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,5 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 109,4 % ni tashkil etgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar–oktabr oylarida 74 331 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan. Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 3,6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 127,5 % ni tashkil etgan.