So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Xojayli tumanida 345,0 mlrd. sumlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va shu qatorda o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar -sentabr oylarida Qo'ng'irot tumanida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 1250, 3 mlrd. so'mni tashkil etti. O'sish sur'ati o'tgan yilning mos davriga nisbatan 100, 1% ti tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qo'ng'irot tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 935, 8 mlrd. so'mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 115, 1 % ga ko'paydi.

Joriy yilning 18-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Nukus tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi J. Sapashev bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev va Narxlar statisikasi boshqarmasi boshlig‘i M.Umarov Nukus shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.

Joriy yilning yanvar -sentabr oylarida Taxiyatosh tumaninda xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 236, 6 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati o'tgan yilning mos davriga nisbatan  126, 5 % ga yetdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi 329,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 104,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Taxtako‘pir tumanida xizmatlar hajmi 130,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Taxtako‘pir tumaninda chakana savdo tovar aylanmasi 223,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga taqqoslaganda 104,4 % ga yetdi.

Hozirgi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanyapti.

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida 167 048 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yil 1-oktabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining soni 217 091 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 200,1 ming tonna kerosin yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 martaga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-oktabr holatiga jami 34 876 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

2023-yilning yanvar - iyun oylari davomida respublikamiz boʻyicha jami 49,4 ming tonna uzum yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,7 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 20,7 ming tonna margarin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,7 % ga oshgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 53,9 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 810,3 tonna tortlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan.