03/06/2024

    Joriy yilning 3-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabalariga seminar oʻtkazildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Bekmuratov boshqarma faoliyati, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish metodologiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarorning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunrishlar berib o‘tdi.

Shuningdek, Aholini roʻyxatga olish, Gender statistikasi, Barqaror rivojlanish maqsadlari, statistik maʼlumotlarning ochiqligi hamda nufuz li reyting va indekslarda qayd etilayotgan natijalar borasida batafsil axborot berildi.

Uchrashuv yakunida statistika boshqarmasi mutaxassislari talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berib o‘tishdi.

Axborot xizmati