So'nggi yangiliklar

2023-yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 72,9 yoshni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida 39 671,5 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2019- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 23,1 % ga o‘sgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil 1-oktabr holatiga doimiy aholi soni 1994,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 18,2 ming kishiga yoki 0,9 % ga ko‘paydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 127,6 ming tonna poliz yetishtirildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 17,1 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 11,0 % ga oshgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 1979,8 mlrd. so‘mnitashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,0 % ni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 4,7 % punktga ko‘paygan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 770,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 033,9 tonna tort ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 41,1 ming tonna neft koksi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 17,8 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 9 159,1 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 418,8 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 30,7 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 3,1 % ga o‘sdi va 22 128,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 56,5 ming tonna kartoshka yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 1,0 % ga ko‘p yetishtirildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi  boʻyicha 32 336 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi  boʻyicha 9 638 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 51,6 % ni, fizik hajm indeksi 92,8 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 5987,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 730,9 tonna tikuv iplari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,6 % ga oshgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,6 mingta sport inshootlari, 0,8 mingta jismoniy tarbiya jamoalari va 26 ta sport-ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.