So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1-iyul holatiga Shumanay tumanining doimiy aholi soni:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 714,0 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,1 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 6 366 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 241,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.

Joriy yilning 4-avgust kuni Nukus shahar "Xaliqlar doslig‘i" mahalla fuqarolar yig‘inida Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti hamda Korrupsiya bo‘yicha mas'ul xodim tomonidan mahalla faollari hamda tadbirkorlik sub’ektlariga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda  korrupsiya sohasiga oid qonunchilik hujjatlari to'g'risida tadbir o'tkazildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4204,3 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining  95,7 % ini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilga nisbatan 102,0 % ni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) egalladi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 352 tоnna uzum yetishtirildi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,6 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 119,1 % ni tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1-iyul holatiga Nukus tumanining doimiy aholi soni:

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 41 849 ta bo‘lib, jami tadbirkorlik subyektlarining 7,0 %ini (soni 599 644 ta) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Mo‘ynoq tumanida 67,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 139,7 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Mo‘ynoq tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 633,2  mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning  mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,4 foizni tashkil qildi.

2023- yilning 1 iyul holatiga Taxtako‘pir tumanida jami 77 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 7 taga ko‘paygan, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 63 tani tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Nukus shahrida 3 525,2 mlrd.so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 329,7 mlrd.so‘m yoki umumiy hajmning 9,4 % ni kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, O’zbekistonda jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 414 651 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 411 058 tani tashkil etgan.

2023-yil yanvar-iyun oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2924,4 ming so‘mga yetdi.