2024-yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 626,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023–yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 8,4 % ga oshdi. Respublika miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 97,0 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati