So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 16-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov To‘rtko‘l tumanida xizmat safarida bo‘lib, tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Karimov bilan birgalikda «Istemol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 9 819 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-may oyida ushbu sohada 1 335 ta korxonalar yangi tashkil etilgan.

Joriy yilning 16- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari K.Omarov, hamda Xo'jayli tuman statistikasi yetakchi mutaxassis I. Ibragimov bilan birgalikda Xo'jayli tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida 2 589,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 16- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov, hamda To‘rtko‘l tuman statistikasi bosh mutaxassis R. Samanov bilan birgalikda To‘rtko‘l tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

2023-yil yanvar-aprel oylarida ijara xizmatlari 2 177,3 mlrd. soʻmga yetib, jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-iyun holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalar soni 106 982 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 156,9 foizni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi kasb-hunar maktablar soni 337 tani tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 758,5 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 110,8 % ini tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-may oylarida respublikamizda savdo sohasida 14 814 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Joriy yilning 15- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov, hamda Ellikqal'a tuman statistikasi bo‘lim boshlig‘i  D. Tangirbergenov bilan birgalikda Ellikqal'a tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida futbol bilan shugʻullanadiganlar soni jami 63 318 kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan ayollarning ulushi 1 455 nafar (2,3 %) ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 398,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 133,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 632,2 ming litr uzumdan olingan tabiiy vinolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 martaga oshgan.

Joriy yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 41 418 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-may oylarida jami 2 589,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda 1 088 ta mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda, ulardan yulduzlar toifasi boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 16,4 ming tonna trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,1 % ga oshgan.