So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 6-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminari bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’lim (4953,8 ming so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’lim (1481,8 ming so‘m) da kuzatildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,6 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etgan hamda 2022-yilning mos davriga nisbatan -0,1 promillega kamayganligi kuzatildi (2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 1,1 promille bo‘lgan).

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5540 tоnna uzum yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 94,1 % tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 19,5 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 17,7 % ga oshgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 2263,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 42 694 ta korxona va tashkilotlar  ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular jami korxona va tashkilotlarining 6,3 %ni tashkil etаdi.

2023-yilning yanvar-sentabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3451,6 ming.so‘mni 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 102,6 % tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 3 933,9 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 90,6 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 223,4 ming tonna kerosin yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,1 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 1 040 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Fransiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 489,8 tonna pechenye ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 31,9 % ga oshgan.

Joriy yilning 3-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S. Bekmuratov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi boshlig‘i S. Muxamatdinov bilan birgalikda hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 67 956 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (20727,7 ming so‘m),elektr,gaz,bug‘bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (5846,5 ming so‘m) hamda ishlab chiqarish sanoati (4488,9 ming so‘m)da kuzatildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 72,9 yoshni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida 39 671,5 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2019- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 23,1 % ga o‘sgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil 1-oktabr holatiga doimiy aholi soni 1994,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 18,2 ming kishiga yoki 0,9 % ga ko‘paydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 127,6 ming tonna poliz yetishtirildi.