So'nggi yangiliklar

2023-yilning  yanvar-oktabr oylarida Pokistondan Oʻzbekistonga 3 522 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Joriy yilning 14-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Oralbaev bilan birgalikda «Istemol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Joriy yilning 13–17- noyabr kunlari Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasi statistika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratlgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 248,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,3 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 14-noyabr kuni poytaxtimizdagi Frankfort mehmonxonasida Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot (MXT)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot va insonlar mobilligi ma’lumotlari bilan ishlash vositalar to‘plami dasturi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Amudaryo tumanida 236,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilga nisbatan 106,6 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Kegeyli tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 93,4 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 76,0 foizni tashkil qildi.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 1236,7 ming taga yetdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 1 406 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Italiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qirgʻiz Respublikasidan Oʻzbekistonga 1 420,2 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 3,1 % ga o‘sdi va 22 128,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Prezidentimiz tomonidan joriy yil 11-sentabrda imzolangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar koʻlamini kengaytirish barobarida yangidan-yangi tashabbuslarga zamin yaratmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,6 % ni, fizik hajm indeksi 240,2 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 189,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 92,6 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 467,7 ming dona televizorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,8 % ga oshgan.

2023-yilning  yanvar-oktabr oylarida Italiyadan Oʻzbekistonga 23 352 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 402,9 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 10,9 % ga oshgan.

2023-yilning  yanvar-oktabr oylarida Rossiyadan Oʻzbekistonga 628,9 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.