So'nggi yangiliklar

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 5,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,4 ming tonna apelsin import qilingan.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,1 ming tonna limon eksport qilgan.

2021/2022- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan talabalar soni 6475  nafarni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2022-yil yanvar-noyabr oylarida jami 1 125 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra 17 639 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 471 ga yoki 16,3 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 151 tani tashkil etib, ular tomonidan 334,9 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 90,0 % ni tashkil etdi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 43,4 mln. AQSH dollariga teng 71,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 14,4 ming tonna makaron va makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 130,1 % ni tashkil etdi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra 2 286 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 274 ga yoki 13,6 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 13 312 dona “Spark” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 155,2 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,0 % ni tashkil etdi yoki 982,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 123,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 502,1 mln. dona ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,1 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 117,8 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,7 % ini tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 22 731 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan. Ularning soʻnggi yillarda oʻsish dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks etdi:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpag‘iston Respublikasida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 2043,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,9 % ini tashkil etdi va o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,7 % ni tashkil etdi.

2022-yilning noyabr oyida mehmonxona xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,1 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 1,0 mlrd. AQSH dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.