So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 41 949 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6,6 ming tonna gulqogʻozlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Kegeyli tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 141,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 115,8 %ga yetgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Nukus shahri xorijiy davlatlarga qiymati 85,8 mln. AQSH dollari miqdorida tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan.

Amudaryo tumanida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 14 658 tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo'lib, bu 2022- yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasida 26 ta sport-taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 565,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan  106,1 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-mart holatiga, Qorao‘zak tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 47,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi boʻyicha 19 488 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 9,7 ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.

2023-yil yanvar-mart holatiga, Beruniy tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 155,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yil yakunlariga koʻra Respublika boʻyicha ovchilikka biriktirilgan umumiy yer maydoni 4 617,8 ming gektarni tashkil etadi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasining ulushi 3,1 % ni tashkil etib, 137,6 mlrd. so‘mga yetdi.

2022-yil yakunlariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami 11,4 mingta tonna baliq ovlangan boʻlib, bu jami ovlangan baliqlarning 22,5 % i - doʻng peshona baliq, 15,6 % i - zogʻorabaliq hamda 14,8 % i – ilonbosh baliq hissasiga toʻgʻri kelgan.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha tashish va saqlash tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 460,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 8,0 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 13,7 ming tonna mis sim ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,1 % ga oshgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 97,6 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 19-iyul kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosari K.Omarov Kegeyli tumanida xizmat safarida bo’lib, tuman statistika bo’limi boshlig‘i M.Aytimbetov bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni  o‘rgandi.