Joriy yilning 29-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Nukus tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassis J. Sapashev bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo ob’ektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.
Axborot xizmati