29/11/2023

    Joriy yilning 29-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i B.Tajibekov, Bo‘zatov tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Zinelov Ongarbay tomonidan Bo‘zatov tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Kuzatuv jarayonida yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, bir marta tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.

 

Axborot xizmati