30/11/2023

    Joriy yilning 29-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari K.Omarov, Nukus tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sapashev Jaxangir tomonidan Nukus tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Kuzatuv jarayonida yulovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo‘lovchi sig‘imi, bir kunda o‘rtacha tashilgan yo‘lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo‘lovchilarni bir kunda tashishning o‘rtacha uzoqligi va yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, bir marta tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.

 

Axborot xizmati