So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 27-fevralidan 1-martiga qadar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh qarorgohida Statistika komissiyasining navbatdagi 55-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Bo‘zatov tumanida jami 107 ta nikoh va 15 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 8 taga kamaygan.

2024-yilning yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 15,3 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 32,4 % ga ko‘paydi va ishlab chiqarish hajmi 188,2 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida sigirlar bosh soni 356,3 mingtaga yetdi. O‘sish sur’ati  2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 101,9.% ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 43,1 mlrd. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,9 % ini tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida jami 520,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 28-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi R. Samanov tomonidan tumanda yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.

2024-yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining import hajmi 18,4 mln.AQSH dollarini va 2023-yilning mos davriga nisbatan 98,8 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 254,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 115,7 %  ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining chakana savdo tovar aylanmasi 706,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 107,2 % ga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 37,1 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 27-fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov Taxiatosh tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi G. Karabayev bilan birgalikda tumanda yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.

Tadbirkorlik subyektlariga statistika hisobotlarini taqdim etishda yanada qulay muhit yaratish hamda ko‘p sonli respondentlarning takliflarini inobatga olgan holda, taqdim etish muddati 2024- yil 27- fevral sanasi etib belgilangan quyidagi statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddati 2024- yil 5- mart (seshanba) (o‘z ichiga olgan holda) sanasiga uzaytirildi:

Joriy yilning 27-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K. Omarov Nukus shahri statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.

Joriy yilning 27-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov Taxiatosh tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi G.Qarabaev bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Bo‘zatov tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 39,8 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,4 % ni tashkil etdi.

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Ellikqa’la tumanida 2024-yilning 1 yanvar holatiga ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 8 tani tashkil qilib, 4 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Chimboy tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 247,4  mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 88,7 foizni tashkil qildi.